Qoramol zotlarini o’rganish

Sana22.06.2017
Hajmi12.4 Kb.
Qoramol zotlarini o’rganish

Chorvachilikni asosiy tarmoqlaridan biri bo’lgan qoramolchilik dunyo miqyosida bir me’yorda rivojlanmoqda. Er yuzining barcha davlatlarida ixtisoslashgan sermahsul zotlarni urchitish keng miqyosda olib borilmoqda.

O’zbekistonning turli mintaqalarida tumanlashtirilgan qoramol zotlaridan 4 tasi sut va qo’sh mahsuldorli yo’nalishdagilar (qora-ola, qizil-cho’l, bushuev va hvis) va uchtasi go’sht yo’nalishdagilar (santa-gertruda, qozoqi oqbosh, aberdin – angus).

O’zbekistonda urchitilayotgan qoramollarning 40 foizini qora-ola zotlar, 29 foizini qizil zotlar, 22 foizini qo’ng’ir zotlar, 3 foizini bushuev zoti va 6 foizini go’shtdor zotlar tashkil qiladi.

Qoramollarning ajdodi turni (bizgacha saqlanmagan, oxirgi vakili 1627 yili Polshada Mazoviya hayvonot bog’ida halok bo’lgan) ta’riflaydigan bo’lsak, u yirik tana tuzilishli, mustahkam, o’tkir shoxli, kuchli hayvon bo’lgan. Tur buqalarining yag’rin balandligi 180-200 sm va sigirlariniki 160-175 smga to’g’ri kelgan.

Qoramol zotlari mahsuldorlik yo’nalishiga qarab 3 guruhga bo’linadi.

I. Sut yo’nalishidgi zotlar - qora-ola, xolmagor, yaroslav, avliyoota, bushuev, qizil cho’l zoti va boshqa zotlar kiradi.

1) Qora-ola zotiga mansub mollar respublikamizning barcha viloyatlarida urchitiladi. Umumiy soniga nisbatan, asosiy qismi Toshkent, Farg’ona, Namangan, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida, 10 foiz atrofida Andijon, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida urchitiladi.

Mollarning rangi qora-ola bo’lib, ko’kraklaridagi oq belbog’ uning o’ziga xos belgisidir.

Qora-ola zotli sigirlar nihoyatda yuqori (4000-6000 kg sut, yog’liligi 3,6-4,0%) mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Кatta yoshdagi sigirlarning tirik vazni o’rtacha 500-550 kg, nasldor buqalarning vazni esa 1000-1200 kgni tashkil qiladi.

Qizil cho’l zoti, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Navoiy viloyatlarida va Qoraqalpog’iston Respublikasida urchitiladi.

Mollarning rangi och qizildan to to’q qizil ranggacha tovlanadi. Sigirlarning vazni 450-500 kg, buqalarniki esa 800-900 kg ni tashkil etadi. Sigirlarning sut sog’imi 3000-5000 kg, yog’ligigi 3,8-3,9%.

Bushuev zotiga mansub bo’lgan qoramollar asosan Sirdaryo viloyatida urchitiladi. Mollarning rangi oq tusli bo’lib, butun tanasi bo’ylab, ko’plab mayda qizil yoki qora hollar mavjud bo’ladi, quloqlari va burun ko’zgusi to’q qora, gavdasi uzunasiga cho’ziq. Buzoqlari tug’ilganda 22-36 kg, sigirlari 440-550 kg, buqalar 750-1000 kg gacha vaznga ega bo’ladi. Sigirlar sut sog’imi 2500-3500 kg.

II. Qo’sh mahsuldorli zotlar – Shvis, Olatov, Simmental va boshqa zotlar kiradi.

SHvis zoti Andijon, Farg’ona, Namangan, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida urchitiladi. SHvis zoti qo’ng’ir tusli bo’lib, och qo’ng’irdan to’q qo’ng’ir tusgacha tovlanadi. Tumshug’i to’q tusli, uning atrofida och tusli jun qoplami ko’zga tashlanib turadi. Buzoqlarning tug’ilgandagi tirik vazni 31-38 kg, sigirlarning tirik vazni 500-600 kg, buqalarning vazni esa 800-1000 kgni tashkil etadi. Har bir sigirdan 3500-4000 kgdan yog’liligi 3,8-3,9% li sut sog’ib olinadi.

Olatov zoti. Bu zot Qirg’iziston va Qozog’istonning Olatov tog’ oldi mintaqasida yaratilgan.

Sigirlarning vazni 550-580 kilogramm, buqalarning vazni 850-1000 kilogramm, sut mahsuldorligi 3549 kilogramm va yog’lilik darajasi 3,4 foiz. So’yim chiqimi 55-57 foizni tashkil qilgan.

Go’shtdor qoramollar zoti. – Santa-gertruda, qozoqi oq bosh, gereford, sharole, shortgorn va boshqa zotlar kiradi.

Santa – gertruda zoti. Vatani Amerikaning Texas shtatidagi Santa-gertruda tumani hisoblanadi. 1967 yili 11 buqa va 69 g’unajin o’zbekistonning Jizzax viloyatidagi «Baxmal» xo’jaligiga joylashtirildi. Sigirlarning vazni 500-700 kg, buqalari 950-1200 kilogrammni tashkil qiladi. Sigirlarning sut mahsuldorligi 1500-1800 kg, uning yog’liligi 4,5-5,0 foiz. So’yim chiqimi 60-66 foiz.

Har 100 bosh sigir hisobigao’zbekistonda 82-84 foiz buzoq olingan.

Qozoqi oq bosh zoti. Bu zot Qozog’iston hamda Rossiyaning janubiy-sharqiy qismida yaratilgan.

Buzoqlarning vazni 27-30 kg, sigirlar vazni 500-550 kg, buqalar vazni 800-900 kg, ayrimlariniki 1100 kilogrammga boradi. Sigirlarning sutdorligi 1200-1500 kg, yog’lilik darajasi 3,8-4,0 foiz. So’yim chiqimi 65-67 foiz.


Adabiyotlar:


  1. A.G.Avizov, R.X.Xamrakulov, «Chorvachilikdan amaliy mashg’ulotlar” T.: «O’qituvchi», 1980.

  2. T.X.Ikromov «Chorvachilik» T.: «O’qituvchi» 1996.

  3. V.M.Кulikov, Yu.D.Ruban, «Umumiy zootexniya» T.: «O’qituvchi» 1980.

  4. M.A.Mavlonov, E.Movlonov «Qoramolchilik» T.: 1980.

  5. S.D.Dastqulov, A.Qaxxorov, «Chorva mollarini urchitish» T.: 1993.

  6. R.Xamroqulov, К.Кaribaev «Qishloq xo’jalik hayvonlarini oziqlantirish», T.: 1999.

  7. SH.A.Akmalxonov, A.Rajabov, «Sut sog’uvchi operator kitobi» T.: «Mehnat», 1988.

  8. U.N.Nosirov, «Qoramolchilik» T.: 2001.

  9. U.N.Nosirov, «Fermer bo’laman» T.: «Mehnat», 2002.


Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


tarihte-ve-gnmzde-51.html

tarihte-ve-gnmzde-56.html

tarihte-ve-gnmzde-60.html

tarihte-ve-gnmzde-65.html

tarihte-ve-gnmzde-7.html